KORXONA BOSHQARUV TIZIMINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH TAMOYILLARI
Keywords:
korxona, boshqaruv tizimi, menejment, nazariy asoslar, tashkiliy tuzilma, boshqaruv tamoyillari, samaradorlik, modernizatsiya, innovatsion boshqaruv, raqobatbardoshlik.Abstract
Ushbu maqolada korxona boshqaruv tizimining mohiyati, mazmuni va nazariy asoslari chuqur tahlil qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni samarali boshqarish raqobatbardoshlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashning muhim omili ekanligi asoslab beriladi. Shuningdek, boshqaruv tizimining asosiy tamoyillari, tarkibiy tuzilmasi, tashkiliy-boshqaruv mexanizmlari va ularning korxona faoliyatiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada menejment nazariyasi asosida boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish yo‘llari, zamonaviy yondashuvlar hamda innovatsion boshqaruv uslublarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari korxona boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.